Suzuk ota kim bo‘lgan?

Bu qiziq

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Suzuk ota majmuasida bo‘lib, ziyoratgohda olib borilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishgani haqida xabar bergan edik.

Shavkat Mirziyoyev 2017 yilning 26 may kuni Shayxontohur tumanida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish davomida Suzuk ota masjidi va maqbarasini rekonstruksiya qilish bo‘yicha ko‘rsatma bergandi.

Prezident ko‘rsatmasiga binoan 2017 yilning 28 avgust kuni Suzuk ota jome masjidining ilk g‘ishti qo‘yildi. Shundan so‘ng, Prezident 2018 yil 9 avgust kuni qurilish ishlari bilan tanishib, majmua yonida hunarmandlar uchun uy-joy qurish kerakligini ta’kidlagandi.

Suzuk ota kim bo‘lgan? Nega Prezident uning maqbarasini rekonstruksiyai qilishni buyurgan?

Suzuk otaning asl ismi Mustafoqul bo‘lib, 1140 yilda Turkistonning Qorachuq qishlog‘ida tavallud topgan. U kishi Ahmad Yassaviyning qizi Gavhari Hushtojning kenja o‘g‘li bo‘lgan.

Balog‘atga yetgach, karomatlar sohibi Toshkentdagi "Chaqar", "Chuqurko‘prik" (Cho‘ponota) va "Mirlar" mahallalariga tutash bo‘lgan kimsasiz, tepalik va jarliklardan iborat yerda qo‘nim topib, shu mahallani obod qilishga kirishadi.

Suzuk ota hunarmandlarning ustozi, yuzlab shogirdlarga ilm berib, halol mehnatga o‘rgatgan zotdir.
 
Bolalik chog‘ida bobosi u kishini erkalab, “Mening suzigim (suyukligim), hush keldingiz!”, degani bois atrofdagilar ham shu ism bilan chaqira boshlagan. 

Yuzlab shogirlarning ustozi Suzuk ota 1217 yilda vafot etgan.
 
1363-1364 yillarda Amir Temur Ahmad Yassaviyning nabirasi Suzuk ota qabri ustida maqbara va masjid bunyod ettirgan. Xonaqoh va ayvonda yetti yuzga yaqin namozxon ibodat qilishi mumkin bo‘lgan. Afsuski, 1930 yili masjid va madrasa yopilib, metall buyumlar korxonasiga aylantirilgan. Hujralar o‘rnida korxona idorasi va omborxona qurilgan. 1985-1990 yillargacha shahardagi eng katta gumbazli (diametri - 10 metr) masjid bo‘lgan ziyoratgoh shu holicha qolgan.

Uning vafotidan so‘ng ustalar mahallasi Suzuk ota nomi bilan atala boshlagan. Maqbara Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida joylashgan.

XX asrda mahalla nomi “Bauman”, “Komintern”, “Qahramon” va “Obod” deb o‘zgartirilgan. Mustaqillikdan so‘ng mahallaga Suzuk ota nomi qaytarilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Suzuk ota

Baholaganlar

393

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing