“Suvning ta’mi muz bilan”. Diqqat, O‘zbekistonga onlayn ta’lim qaytmoqda
Jamiyat
−
20 yanvar 2022
45284O‘zbekistonda barcha ta’lim muassasalarida darslar onlayn shaklga o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda QALAMPIR.UZ rasmiy manbasi xabar bermoqda.
Bizgacha yetib kelgan ma’lumotlarga ko‘ra, Respublika maxsus komissiyasiga darslarni bir oy muddatga onlaynga o‘tkazish taklifi bildirilgan
Yaqin kunlarda Respublika maxsus komissiyasining qarori chiqishi kutilmoqda va unda ta’limni onlayn shaklga o‘tkazish haqidagi taklif ma’qullanishi ehtimoli yuqoriligi ma’lum qilindi.
Biroz avval, QALAMPIR.UZ mazkur masalada Xalq ta’limi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari bilan bog‘langan edi. Ikki vazirlik ham ta’limning onlayn shaklga o‘tkazilishi haqidagi xabarlarni rad etdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi barcha ta’lim muassasalarida qishki ta’til muddati joriy yilning 24 yanvariga qadar uzaytirilgandi.
Shuningdek, talaba-o‘quvchilarga o‘z uylaridan ta’lim muassasalariga qaytishlariga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida avia hamda temir yo‘l chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma berilishi muddati ham 2022 yilning 24 yanvariga qadar uzaytirilgan.
Bundan tashqari, 2022 yilning 11 yanvarigacha bo‘lgan muddatga xarid qilingan avia va temir yo‘l chiptalari bepul tarzda tegishli muddatga almashtirib beriladi.
LiveBarchasi