Suvaysh kanalini to‘sib qo‘ygan bahaybat kema ilk bor joyidan qo‘zg‘aldi
Olam
−
28 mart 2021
5217Avval xabar berganimizdek, Yevropa va Osiyoni bog‘lovchi Suvaysh kanalida ulkan Ever Given konteyner kemasi sayozlikka o‘tirib qoldi. Natijada tirbandlik ham yuzaga keldi.
So‘nggi xabarlarga ko‘ra, 400 metrlik konteyner tashuvchi kema atrofi tubini chuqurlashtirish boshlaganidan so‘ng, 20 ming tonnadan ortiq qum olib tashlagan va kema joyidan siljigan.
Ever Given’ni "ozod qilish" bilan shug‘ullanayotgan SMIT kompaniyasi Suvaysh kanali orqali o‘tish yo‘li kelasi haftaning boshida, aniqrog‘i 29 martdan o‘tib ochilishiga umid qilmoqda. Ayni vaqtda kanalga tiqilib qolgan kemaning atrofini qumdan tozalash ishlari davom etmoqda.
Agar yaqin kunlarda Suvaysh kanali ochilmasa, Osiyodan yo‘lga chiqqan kemalar Afrika qit’asini aylanib o‘tishiga to‘g‘ri keladi. Bu esa mahsulotlarning yetkazib berish vaqtiga ta’sir qiladi, transport xarajatlarini ko‘paytiradi va bepul konteynerlar hamda konteyner tashuvchi kemalarning yetishmasligiga olib keladi. Ayni vaqtda kanalga kirish uchun navbatda 300 dan ortiq kema yig‘illib qolgan.
Suvaysh kanali to‘sib qo‘yilgandan so‘ng, Ever Given’ning egasi bo‘lgan Yaponiyaning “Shohei Kisen” kompaniyasi kanalda harakatning to‘xtab qolgani uchun uzr so‘radi. “Shohei Kisen” rahbarlari kompaniyaning shtab-kvartirasidagi nutqi paytida chuqur ta’zim bilan uzrlarini namoyish qildi.
Executives from the Japanese Company Shoei-Kisen 「正栄汽船」owner of the container ship stuck in the Suez Canal, apologized today at their headquarters in Imabari, Ehime. They eye tomorrow night as the day the vessel could be freed. (Photo Nikkei) pic.twitter.com/huUHBTobfT
— Japanese Politics & Elections🇯🇵🗾⛩️ (@Nihonpolitics) March 26, 2021
LiveBarchasi