“Suv kam”. Energetika vazirligi “svet” ko‘p o‘chayotgani sababini ochiqladi
Jamiyat
−
09 noyabr 2021
7163Joriy yilda suv tanqisligi tufayli O‘zbekiston gidroelektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi qariyb 30 foizga kamaydi. Bu esa iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlashga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, GESlarda suv hajmining kamligi sababli elektr energiyasi ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari kamayishi kuzatilmoqda va buning oqibatida ayrim hududlarda elektr energiyasi ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilmoqda.
“Bu gidroelektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarishning qisqarishi bilan bog‘liq bo‘lib, o‘z navbatida, ehtiyojni to‘liq qoplash uchun zarur miqdorda elektr energiyasi yetishmasligiga olib keldi”, deyiladi xabarda.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, 2019 yilda gidroelektr stansiyalarda ishlab chiqarish 6,5 milliard kilovatt-soatni tashkil etgan. Joriy yilda bu ko‘rsatkich o‘tgan yilgi ko‘rsatkich kabi 5 milliard kilovatt-soatni yoki 1,5 milliard kilovatt-soatga kam (30 foiz)ni tashkil etgan.
“Mazkur 1 mlrd 200 mln kilovatt-soat elektr energiyasi bilan respublika aholisini bir oy mobaynida uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash mumkin”, deyiladi rasmiy xabarda.
Energetika vazirligi joriy yilda suv omborlarida belgilangan suv zaxiralari to‘planmagani nafaqat O‘zbekiston, balki qo‘shni respublikalarda ham kuzatilayotganini va shunga qaramay yetarli miqdorda elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun ter to‘kilayotganini urg‘ulagan.
“O‘zbekistonda mavjud barcha imkoniyatlardan foydalangan holda elektr stansiyalari orqali rejada ko‘rsatilgan hajmlarda elektr energiyasi ishlab chiqarish choralari ko‘rilmoqda”, deyiladi vazirlik xabarida.
Azizbek Nahanov
LiveBarchasi