“Susambilga yo‘l olib”. Janubiy Koreya fuqarosi KXDRga qochib o‘tdi

Olam

image

Janubiy Koreya fuqarosi 2022 yilning ilk kunida Shimoliy Koreyaning qattiq qo‘riqlanadigan chegara hududidan qo‘shni mamlakatga qochib o‘tgan. Bu haqda Janubiy Koreyaning Seuldagi mudofaa boshqarmasi xabar bergan.

Mudofaa boshqarmasining ma’lum qilishicha, qochoq joriy yilning 1 yanvar kuni, mahalliy vaqt bilan soat 21:20 larda ikki davlatni ajratib turuvchi Demilitarizatsiya zonasidan sharqiy qirg‘oq tomon harakatlanib ketayotgani aniqlangan.

“Biz darhol Shimoliy Koreya tomonini vaziyat haqida ogohlantirdik. Hozirda qochoq tirik yoki o‘lgan ekani noma’lum”, deydi Janubiy Koreya Birlashgan harbiy shtabi boshlig‘i.

Qayd etilishicha, Janubiy Koreya harbiylari tomonidan olib borilgan bir necha soatlik qidiruv ishlariga qaramasdan, shaxs barcha radarlarni chetlab o‘tib, yashirinishga muvaffaq bo‘lgan.

So‘nggi paytlar sodir bo‘layotgan shunga o‘xshash bir necha hodisalar ortidan, Janubiy Koreya tomoni o‘z chegaralarini qattiq tartibda qo‘riqlash tizimiga o‘tgan.

O‘z navbatida Shimoliy Koreya esa pandemiya sababli chegaradan o‘tmoqchi bo‘lganlarga qarata to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘q uzish siyosatini joriy qilgan.

2020 yil sentyabr oyida Janubiy Koreyalik baliqchilar kemasi Shimoliy Koreya chegarachilari tomonidan o‘qqa tutilib, yoqib yuborilgan edi. Pxenyan o‘z xatti-harakatlarini virus tarqalishining oldini olishga urinish deya oqlab, Seuldan uzr so‘rab chiqqan. 

Avvalroq Shimoliy Koreya rahbari Kim Chin In Janubiy Koreya tomonidan mamlakatga virus kirib kelganligini ta’kidlab, favqulodda holat e’lon qilgan edi. Buning ortidan esa mamlakatning bir necha shaharlari to‘liq karantinga olingan.

Ma’lumot o‘rnida, Shimoliy va Janubiy Koreya chegarasi dunyodagi eng qattiq qo‘riqlanadigan hududlardan biri hisoblanadi. U minalar bilan to‘ldirib, elektr va tikanli simlar bilan o‘ralgan. Hudud 24 soat mobaynida kuzatuv kameralari va qurollangan qo‘riqchilar nazorati ostida.

Behruz Saidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

497

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing