Surxondaryodagi YTHda 14 yoshli bola vafot etdi
Jamiyat
−
13 Oktabr 2022
6638Joriy yilning 9 oktyabr kuni Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida 2 nafar voyaga yetmagan shaxs Nexia rusumli avtomashinada yo‘l-transport hodisasini sodir etdi. Oqibatda ulardan biri vafot etdi. Bu haqda Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, YTH tungi soat 1:00 larda yuz bergan. Haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan ikki nafar voyaga yetmagan qarindosh aka-ukalar mashinada harakatlanib ketayotganda Yoshg‘ayrat mahallasi hududida boshqaruvni yo‘qotib qo‘ygan va avariya yuz bergan.
Oqibatda yo‘lovchi sifatida harakatlanayotgan 2008 yilda tug‘ilgan fuqaro og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.
LiveBarchasi