Surxondaryodagi o‘rmonda katta maydonda yong‘in yuz berdi (video)

Jamiyat

Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi o‘rmon xo‘jaligida yong‘in yuz berdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Yong‘in Sherobod tumanidagi “Qiziriq” o‘rmon xo‘jaligi hududidagi “Gurimbuloq” tog‘li maskanida sodir bo‘lgan. Quruq o‘t yonishi sababli hosil bo‘lgan olov 50 gektar atrofidagi maydonni qamrab olgan.

Ofatga qarshi kurashga Surxondaryo viloyatining bir necha maxsus texnikasi hamda o‘nlab shaxsiy tarkibi safarbar qilingan.

Shuningdek, yong‘inni bartaraf qilishda FVDTga kiruvchi boshqa xizmatlar xodimlari ham yaqindan ko‘maklashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo o'rmon yong'ini

Baholaganlar

317

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing