Surxondaryoda zilzila bo‘lishi rad etildi
Jamiyat
−
24 fevral 2023 10583 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatida yer qimirlashi sodir bo‘lishi haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat hokimligi rasmiy izoh berib, ushbu xabarlarni rad etdi.
“Hurmatli fuqarolarimizdan hech qanday vahimaga berilmasliklarini so‘ragan holda, viloyat hududida seysmik xodisalar, yer qimirlashi yoki zilzila sodir bo‘lishi haqida tarqalgan xabarlar mutlaqo asossiz va yolg‘on xabar ekanini ma’lum qilamiz”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, hokimlik turli g‘araz niyatlarda aholi o‘rtasida yolg‘on xabar tarqatayotganlarga respublika qonunchiligida bunday holatlarni sodir etganlarga nisbatan javobgarlik belgilanganini eslatib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 24 fevral kuni Jizzax viloyatida mahalliy vaqt bilan soat 16:12 da zilzila sodir bo‘ldi.
Live
BarchasiNetanyaxu Tramp bilan telefonlashdi
24 aprel
Nyu-Yorkda cherkov yonib ketdi
24 aprel