Surxondaryoda yuz bergan ayanchli YTHda 21 yoshli ayol vafot etdi

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 2003 yilda tug‘ilgan ayol vafot etdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lum qildi. 

Kecha, 30 yanvar kuni soat 16:45 larda Termiz tumani “Gulbahor” mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R 99 avtomobil yo‘lining 25 kilometrida 1989 yilda tug‘ilgan haydovchi Nexia 3 avtomashinasini yuqori tezlikda boshqarishi oqibatida ehtiyotsizlik qilib yo‘lning o‘ng tomon chetiga chiqib ag‘darilgan. 

Mazkur yo‘l-transport hodisasi oqibatida avtomashina salonida yo‘lovchi sifatida harakatlangan 2003 yilda tug‘ilgan ayol olgan tan jarohatlari sababli vafot etgan. Avtomashina haydovchisi esa tuman shifoxonasiga yotqizilgan.

“Barcha hamyurtlarimizga yo‘llarda tezlikni oshirmay, qoidalarga amal qilib harakatlanishlarini tavsiya qilamiz”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, kecha Toshkent shahri Chilonzor tumanida CHERY va BYD ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

YTH Surxondaryo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing