Surxondaryoda yo‘lovchi poyezdi va “Jiguli” o‘rtasida YTH sodir bo‘ldi
3-sahifa
−
21 iyun 2023
9353Surxondaryo viloyatida temiryo‘lni kesib o‘tayotgan “Jiguli”ni poyezd urib yubordi. Bu haqda IIV Transport va turizm ob’ektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti Axborot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, bugun, 21 iyun kuni soat 08:10 larda sodir bo‘lgan avtohalokatga “Jiguli 2107” haydovchisi (67 yoshli) M.M.ning ehtiyotsizligi sabab bo‘lgan.
6376-sonli “Termiz-Sariosiyo” shaharlararo qatnovchi yo‘lovchi poyezdi “Qumqo‘rg‘on-Elbayan” temiryo‘l bekatlari oralig‘ida ketayotgan vaqtida temiryo‘lning qo‘riqlanmaydigan qismini kesib o‘tayotgan avtomashinani urib yuborgan.
“Tan jarohati olganlar yo‘q. Yo‘lovchi poyezdi soat 08:12 da to‘xtab, soat 08:50 da o‘z harakatini davom ettirdi”, deyiladi xabarda.
Muhsinjon Umurzoqov