Surxondaryoda yuk avtomobili bilan to‘qnashgan Nexia haydovchisi vafot etdi 

3-sahifa

image

Joriy yilning 22 oktyabr kuni Surxondaryo viloyatida yuk avtomobili va Nexia ishtirokida yo‘l transport hodisasi yuz berdi. Oqibatda yengil avtomobil haydovchisi voqea joyida vafot etdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea taxminan soat 10:30 atrofida viloyatning Denov tumani hududidan o‘tuvchi M41 avtomobil yo‘lining 1484-kilometrida sodir bo‘lgan. Tojikiston respublikasi Dushanbe shahrida yashovchi haydovchi yuk mashinasida Sariosiyo-Termiz yo‘nalishida harakatlanib borayotib, qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketib, Nexia rusumli avtomobil bilan to‘qnashuv sodir etgan.

YTH oqibatida 1998 yilda tug‘ilgan haydovchi voqea joyida vavot etgan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 21 oktyabr kuni Surxondaryo viloyatida Nexia rusumli avtomobil beton to‘siqqa urilgan, haydovchi shifoxonada vafot etgandi. Oktyabr oyining boshida esa ushbu viloyatda boshqaruvni yo‘qotgan Nexia rusumli avtomobil yo‘l chetiga chiqib, chuqurlikka ag‘darilib ketgandi. Buning oqibatida haydovchi vafot etgan


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

98

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing