Surxondaryoda YTH oqibatida ayol va uning chaqalog‘i vafot etdi

3-sahifa

image

Surxondaryoda “Jiguli” va “Kamaz” to‘qnashishi oqibatida ayol va uning farzandi vafot etdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Joriy yilning 4 yanvar kuni Uzun tumani “Chinor” mahallasidan o‘tgan yo‘lda “Jiguli” avtomashinasi “Kamaz” yuk mashinasi orqasiga borib urilgan va ag‘darilib ketgan.

Oqibatda “Jiguli”da bo‘lgan ayol va uning 2022 yilda tug‘ilgan chaqalog‘i shifoxonada vafot etgan.

Ma’lum bo‘lishicha, “Jiguli” mashinasining yuqori tezlikda harakatlangani va haydovchining tajribasizligi tufayli ushbu yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Avvalroq Samarqand viloyatida ikki piyoda Audi rusumli mashina urib ketishi oqibatida vafot etgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing