Surxondaryoda YTH oqibatida Nexia-2 rusumli avtomashinada yong‘in sodir bo‘ldi

3-sahifa

image

Kecha, 7 iyun kuni Surxondaryo viloyatida ikkita Nexia to‘qnashishi oqibatida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB  yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi  xabar berdi.

Bildirilishicha, hodisa  soat 17:00 da sodir bo‘lgan. Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida yo‘l bo‘ylab harakatlanayotgan Nexia-1 rusumli avtomashina haydovchisi o‘ng tomonida to‘xtab, chapga burilib, shu yo‘nalishda harakatlanayotgan Nexia-2 rusumli avtomashina bilan to‘qnashib ketgan.

Oqibatda Nexia-2 rusumli avtomashina yonib ketgan, biroq o‘z vaqtida ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Ikkala avtomobil yo‘lovchilari orasida jabrlanganlar yo‘q.

“Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi barcha yo‘l harakati qatnashchilarini avtomobil yo‘llarida yo‘l belgilari va xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqiradi”, deyiladi xabar so‘nggida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzaxda 4 ta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Surxondaryo Nexia

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing