Surxondaryoda YPX xodimi “tez yordam”ni o‘tkazmadi. YHXBB holatga izoh berdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqda Yo‘l-patrul xizmati xodimi tez tibbiy yordam avtomobilini sababsiz o‘tkazmagani haqida xabarlar tarqaldi. Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 15-17 iyun kunlari Surxondaryo viloyatida “Yoshlar festivali” o‘tkazilganligi munosabati bilan YPX xodimlari xizmatga jalb etilib, ayrim ko‘chalarda transport vositalari harakati cheklangan. 

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, YPX xodimi Termiz shahar, Navbahor ko‘chasida tez tibbiy yordam avtomobilini o‘tkazmaganligi aks etgan holat ushbu tadbir vaqtida sodir bo‘lgan.

Hozirda holat yuzasidan Surxondaryo viloyati IIB YHXB mas’ullari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo

Baholaganlar

1054

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing