Surxondaryoda yirik elektr uzatish tarmog‘i qulab tushdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Surxondaryo viloyatidagi “Surxon” podstansiyasini “G‘uzor” podstansiyasi bilan bog‘lovchi 500 kVli elektr uzatish tarmog‘i qulab tushdi va bir necha kundan so‘ng qayta tiklandi. Bu haqda Energetika vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Joriy yilning 4 aprel kuni Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida kuchli yog‘ingarchilik va shamol oqibatida “Surxon” va “G‘uzor” podstansiyalari oralig‘idagi 500 kVli L-508 havo elektr uzatish tarmog‘ining ikkita tayanchi qulab tushgandi”, deyiladi xabarda.

Ushbu holatni bartaraf etish maqsadida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining maxsus brigadalari tomonidan olib borilgan chora-tadbirlar natijasida kecha, 7 aprel kuni mazkur tayanchlarni tiklash ishlari to‘liq yakunlanib, elektr uzatish tarmog‘i qayta tiklangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

186

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing