Surxondaryoda yosh bolasini urib, shafqatsiz munosabatda bo‘lgan otaga jinoiy ish ochildi

3-sahifa

image

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda ota yosh bolasini urib, unga shafqatsiz munosabatda bo‘layotgani aks etgan video tarqalgan edi. 

Shundan so‘ng, mazkur holat Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan o‘rganilib, voqea Termiz shahrida sodir bo‘lgani hamda zo‘ravon otaga nisbatan qonuniy qaror qabul qilinishi va bu haqida qo‘shimcha ma’lumot berilishi aytildi.

Bosh prokuraturaning ma’lum qilishicha, Termiz shahrining “Temiryo‘lchi” mahallasida yashovchi 42 yoshli erkak 2024 yil 28 yanvar kuni yashash uyida 4 yoshli o‘g‘lini qo‘pol so‘zlar bilan haqorat qilib, yengil tan jarohati yetkazgan. Bunga bolaning har kuni do‘konga olib borishini hamda turli xil shirinlik va o‘yinchoqlar olib berishini so‘ragani sabab qilib keltirilgan. 

"Mazkur holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41- (Haqorat qilish) va 59-2 (Oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik) moddalari bilan hujjatlar rasmiylashtirilishi va to‘plangan hujjatlar sudga yuborilishi ta’minlandi", deyiladi ushbu xabarda.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing