Surxondaryoda tez yordam shifokori kaltaklandi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda bir kishi tez tibbiy yordam shifokori bilan janjallashayotgani, yana boshqa fuqaro esa shifokorni kaltaklagani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rasmiy izoh berdi.

Kecha, 9 yanvar kuni soat 14:30 larda Boysun tumani “Kosiblar” mahallasida joylashgan tuman tibbiyot birlashmasida shifokor F.J.ni fuqaro Sh.X. va Sh.H. urib tan jarohati yetkazgan.

Qayd etilishicha, ushbu holat yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari vaqtida Sh.X., Sh.H. va F.J.ga nisbatan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, shifokorning olgan tan jarohati yengil deb baholangan.

Mazkur holat yuzasidan Boysun tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan fuqaro Sh.X. va Sh.H.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismining “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing