Surxondaryoda suv omboridan o‘quvchi jasadi topildi
Jamiyat
−
20 dekabr 2019 10376 1 daqiqa
Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida suv omboridan 13 yashar o‘quvchi bolaning jasadi topildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.
17 dekabr kuni soat 17:00 larda Qumqo‘rg‘on tumani Xo‘jamulki mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi “Janubiy-Surxon” suv omborining qirg‘oq qismidan shu mahallada yashagan voyaga yetmagan O‘.B. (2006 y.t., o‘quvchi) jasadi tan jarohatlari bilan topilgan.
Mazkur holat yuzasidan shu kuni tuman prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari davomida mazkur jinoyatni O‘.B.ning tanishi voyaga yetmagan Sh.A. (2006 y.t.,o‘quvchi) sodir qilganligi aniqlangan (u ushlangan).
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr