Surxondaryoda OTB ajratgan pul talon-toroj qilindi
3-sahifa
−
01 avgust 2022
7620Osiyo taraqqiyot banki tomonidan Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanidagi MCHJ rahbariga ajratilgan pullar talon-taroj qilingani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, viloyat prokuraturasi tomonidan Prezidentning 2017 yil 2 martdagi “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Meva-sabzavotchilik sohasida qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va joriy yilning 1 martidagi "Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 144-son qarorlari ijrosi o‘rganilgan.
O‘rganishda Jarqo‘rg‘on tumanida faoliyat ko‘rsatib keluvchi “KT” MCHJ rahbari A.Q.ga Osiyo taraqqiyot banki mablag‘lari hisobidan uzumzor va tomchilab sug‘orish tizimini joriy etish uchun ajratilgan 2,5 mlrd so‘mdan ortiq pul mablag‘lari talon-toroj etilganligi aniqlangan.
Xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan “KT” MCHJ rahbari A.Q. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi