Surxondaryoda otasining mashinasini haydagan o‘g‘il yosh yigitning o‘limiga sababchi bo‘ldi 

Jamiyat

image

Surxondaryo viloyati Bandixon tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi natijasida yosh yigit vafot etdi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB YHXB Axborot xizmati xabar qildi. 

Joriy yilning 26 noyabr kuni taxminan soat 20:00 da Bandixon tumanida haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan fuqaro otasiga tegishli bo‘lgan Cobalt rusumli avtomobilda ayanchli YTH sodir etgan. 

Natijada mashina salonidagi ikki fuqaro og‘ir tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. 22 yoshli uchinchi fuqaro esa voqea joyida vafot etgan. 

“Tezlikni me’yordan oshirgandim. Yo‘lda uyqum kelib boshqaruvni yo‘qotganimni sezmadim. Mashina taxminan 20 marta ag‘darilib ketdi. Ko‘zimni ochganimda uch kishi bo‘lib yerda yotardik”, deydi haydovchi yigit. 

Hozirda ushbu holat yuzasidan Bandixon tumani IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergovga qadar dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Dinara Yusupova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

72

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing