Surxondaryoda ommaviy mushtlashuv yuz berdi (video)
3-sahifa
−
21 Sentabr 2021
23087Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatining Sariosiyo va Uzun tumanlarining fuqarolari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz bergani haqida xabarlar tarqalgandi. Holat yuzasidan Surxondaryo viloyati prokuraturasi quyidagilarni ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, videolavhada aks etgan mushtlashuv joriy yilning 31 iyul kuni Surxondaryo viloyati Uzun tumanida sodir bo‘lgan. Shu bilan birga, holat yuzasidan, allaqachon, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
“Bezorilik holati yuzasidan joriy yilning 1 avgust kuni tuman IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, viloyat prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilgan”, deyiladi xabarda.
Shundan so‘ng, jinoyat ishi doirasida jami 20 nafar shaxsga ayblov e’lon qilinib, shulardan 17 nafariga “qamoqqa olish tarzida”gi, 3 nafariga garov ehtiyot choralari qo‘llanilgan.
Joriy yilning 11 sentyabr kuni esa jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari tamomlanib, 20 nafar shaxsga nisbatan bo‘lgan jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan jinoyat ishlari bo‘yicha Surxondaryo viloyati sudiga yuborilgan.
Shuningdek, jinoyat ishining 2 nafar ayblanuvchisiga nisbatan bo‘lgan qismi alohida ish yurituvga ajratilib, viloyat IIB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi