Surxondaryoda noyob qo‘ng‘ir ayiq bolasi topildi

Bu qiziq

image

Surxondaryoda noyob qo‘ng‘ir ayiq bolasi topildi. Bu haqda Tabiat resurslari vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 24 yanvar kuni Surxondaryo viloyatida joylashgan “Uzun” davlat o‘rmon xo‘jaligi hududidan yolg‘iz yurgan bir bosh ayiq bolasi topilgan.

O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan Tyan-shan qo‘ng‘ir ayiq turiga mansub bo‘lgan ushbu ayiq bolasi onasi uyquga ketishdan oldin adashib qolgani taxmin qilinmoqda.

“Qishning hozirgi sovuq kunlarida uning yovvoyi tabiatda ozuqa topolmay nobud bo‘lishi hamda brakonerlar tomonidan ovlanishi ehtimoli yuqori ekanligi inobatga olinib, Tabiat resurslari vazirligi tomonidan ayiq bolasi veterinariya ko‘rigidan o‘tkazish va vaqtincha saqlab turish maqsadida Toshkent hayvonot bog‘i qoshidagi reabilitatsiya markaziga topshirilmoqda”, deyiladi xabarda.

Shuningdek vazirlik Toshkent hayvonot bog‘i mutaxassislari bilan maslahatlashib ,bahor fasli boshida ushbu ayiq bolasini “Uzun” davlat o‘rmon xo‘jaligidagi tabiat bag‘riga qo‘yib yuborishni rejalashtirayotganini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzaxda fuqaro uyida bo‘ri boqayotgani haqida xabar bergan edik.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

noyob qo'ng'ir ayiq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar