Surxondaryoda masjidda pichoqbozlik yuz berdi – BP
3-sahifa
−
22 dekabr 2020 24839 1 daqiqa
Bugun, 22 dekabr kuni soat 09:30 larda Surxondare viloyati, Sherobod tumanida joylashgan jome’ masjidi binosi ichida pichoqbozlik yuz berdi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar qildi.
Fuqaro M.Sh. shu masjidning kotibi Sh.G. bilan o‘zaro janjallashib qolib, o‘zi bilan olib kelgan oshxona pichog‘i bilan unga tan jarohati yetkazgan.
Jabrlanuvchi Sh.G. olgan tan jarohatlari oqibatida shifoxonaga olib ketilayotganida yo‘lda vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan M.Sh.ga Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va u protsessual tartibda ushlangan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
Live
Barchasi