Surxondaryoda mashinasida 50 kg “gashish” olib ketayotgan fuqaro ushlandi (video)

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyatida mashinasida 50 kg “gashish” olib ketayotgan fuqaro ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. 1985 yil Termiz shahrida tug‘ilgan shaxs o‘zining boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtotransport vositasida 50 kg 978 gr “gashish” moddasini olib ketayotgan vaqtida ushlangan.

Shuningdek, uning yashash xonadonidan ham 186 gr “gashish” moddasi olingan.

Tadbir davomida uning 1986 yilda tug‘ilgan sherobodlik jinoiy sherigi ham ushlangan.

Aniqlanishicha, ular afg‘onistonlik narkokure’rlar tomonidan aylanma yo‘llar orqali mamlakatga o‘tkazilgan ushbu giyohvandlik vositalarini sotishni maqsad qilgan.

Ta’kidlash lozimki, qonunbuzarlarning biri muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun, ikkinchisi esa firibgarlik jinoyati uchun sudlangan.

Bu yo‘nalishda Toshkent shahrida kuzatilgan holatda, Uchtepa tumanida yashovchi 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro tomonidan Telegram messenjeri orqali poytaxt hududida sintetik giyohvandlik vositalari sotish holati aniqlangan.

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda u 225 gr “Al’fa PVP” sintetik narkotik moddasi bilan qo‘lga olingan.

So‘ngra uning 2005 yilda  tug‘ilgan tanishi ham 2 dona “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi bilan ushlangan. Dastlabki so‘rovda, u dori vositasini Mirzo Ulug‘bek tumanidagi dorixonalarning biridan sotib olgani aniqlangan.

Tezkor tadbir davomida ushbu dorixonaning norasmiy sotuvchisi 14 dona “Regapen” dori vositasini mijozga 1 mln 200 ming so‘mga sotgan vaqtida ushlangan.

Shuningdek, dorixonaning yordamchi omborxonasidan 20200 dona “Gabaten”, 823 dona “Regapen”, 100 dona “Galara”, 4 dona “Torgabalin” kabi tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar saqlovchi tegishli hujjatlari bo‘lmagan dori vositalari ham ashyoviy dalil sifatida olingan.

Hozirda ushbu shaxslarning barchasiga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda qoradori yetkazishda 13 yoshli jiyanidan foydalangan ayol ushlangan. https://qalampir.uz/n/128392


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo mashina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing