Surxondaryoda mansabdorlardan biri pora bilan qo‘lga tushdi

Jamiyat

image

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasining bo‘lim boshlig‘i qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Denov tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” bo‘limi boshlig‘i o‘zining ish yurituvida bo‘lgan “O.” xususiy korxonasiga qarashli dorixonada dori vositalarining qimmat narxlarda sotilayotganligidan norozi bo‘lib yozilgan murojaatni ushbu korxonaning foydasiga ijobiy hal qilib berish evaziga korxona rahbaridan 200 AQSH dollari pora talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan D.A. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

540

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing