Surxondaryoda maktab o‘quvchisi YTH qurboni bo‘ldi

Jamiyat

image

Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida maktab o‘quvchisi yo‘l-transport hodisasi qurboni bo‘ldi. Bu haqad viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Hodisa Uzun tumani “Mustaqillik” mahallasi hududidan o‘tuvchi 4Ya-101 avtomobil yo‘lining 114-kilometrida yuz bergan. Tumanning “Uzun qishloq” mahallasida yashovchi Yu.O. boshqaruvidagi Neksiya rusumli avtomashinasi bilan yo‘lni chap tomonidan o‘ng tomoniga velosipedda harakatlanib kesib o‘tayotgan, tumanning “Serharakat” mahallasida yashovchi, voyaga yetmagan, maktab o‘quvchisi bo‘lgan A.R.ni turtib yuborgan.

Natijada A.R. “hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir” tan jarohati olib Uzun tumani kasalxonasining jonlantirish bo‘limida vafot etgan. 

12 iyun kuni Yu.O.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Surxondaryo

Baholaganlar

162

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing