Surxondaryoda maktab-internat o‘quvchilari ovqatdan zaharlandi
3-sahifa
−
30 yanvar
5337Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o‘quvchilar ovqatdan zaharlandi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.
Aniqlanishicha, mazkur maktab-internatga autsors xizmati ko‘rsatgan xususiy korxona tomonidan iste’molga yaroqsiz bo‘lgan mahsulotlardan sifatsiz oziq-ovqat tayyorlanishi oqibatida 33 nafar o‘quvchi “O‘tkir gastrit” alomatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.
Hodisa tezkor-tergov guruhi tomonidan o‘rganilishi natijasida maktab oshxonasidan olingan ayrim mahsulotlar sanitariya me’yorlari qoidalari va gigiyena normalari talablariga javob bermasligi hamda oshxona jihozlaridan foydalanish tartib qoidalariga rioya qilinmagani, bu esa bolalar o‘rtasida yuqumli oshqozon ichak kasalliklari bilan kasallanishiga olib kelgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Sariosiyo tuman prokuraturasi tomonidan 26 yanvar kuni Jinoyat kodeksning 186-moddasi 4-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi