Surxondaryoda Lacetti yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Bir kishi vafot etdi

3-sahifa

image

Joriy yilning 2 sentyabr kuni Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida Lacetti va Isuzu yuk mashinasi ishtirokida yuz bergan YTHda bir kishi vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB YHXB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Lacetti Denov–Boysun yo‘nalishida harakatlanib ketayotganida yo‘lning qarama-qarshi tomonidan kelayotgan Isuzu yuk mashinasi yo‘liga chiqib ketgan. Isuzu ko‘prik ustiga kelib qolgani va ko‘prik to‘siqlari mavjudligi sababli transport vositasini olib qochish imkoniyati bo‘lmagani uchun Lacetti bilan to‘qnashgan.

Oqibatda Lacetti’ning orqa o‘rindig‘ida bo‘lgan haydovchining otasi olgan tan jarohatlaridan tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

93

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing