Surxondaryoda Lacetti haydovchisining aybi 2 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyatida dahshatli avtohalokat oqibatida 2 kishi vafot etdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea joriy yilning 6 aprel kuni viloyatning Jarqo‘rg‘on tumani “Oqtepa” mahallasi hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida yuz bergan. Denov–Termiz yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Lacetti haydovchisi tezlikni oshirib, noto‘g‘ri quvib o‘tishni amalga oshirgani sabab qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan Nexia rusumli avtomashina bilan to‘qnashib ketgan.

Hodisa oqibatida Nexia haydovchisi va Lacetti mashinasining old o‘rindig‘idagi yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan. Mashinalardagi boshqa yo‘lovchilar esa o‘ta og‘ir ahvolda shifoxonaga olib ketilgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Surxondaryo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing