Surxondaryoda Labo kanalga tushib ketishi oqibatida haydovchi halok bo‘ldi
3-sahifa
−
03 yanvar 2023
4905Surxondaryo viloyatida 33 yoshli fuqaro mashinasi bilan ko‘prikdan qulab tushishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu voqea joriy yilning 1 yanvar kuni soat 20:00 da sodir bo‘lgan.
33 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Labo avtomashinasi Angor tumanidagi “Zang” kanalidan o‘tuvchi ko‘prikdan qulab tushgan. Oqibatda haydovchi voqea joyida halok bo‘lgan. Avtomobilda boshqa shaxslar bo‘lmagan.
Mazkur vaziyat o‘rganilganda haydovchi mast holda bo‘lgani aniqlangan. Shuningdek, kanaldan o‘tuvchi ko‘prik talabga javob bermaydigan ahvolda bo‘lgan hamda yo‘l belgilarining sifati yaxshi bo‘lmagan.
LiveBarchasi