Surxondaryoda kundoshini “samosud” qilgan ayol va opasi qamaldi
3-sahifa
−
21 yanvar 2022
73716Bundan 6 oy avval Surxondaryoda ayol qizi hamda opasi bilan kundoshini samosud qilib, ayolni kaltaklagandi. Ayol va opasiga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida ma’lum qilindi.
Aytish joizki, voqea o‘tgan yilning 17 iyul kuni soat 08:00 larda sodir bo‘lgan. B.E’zoza o‘zining voyaga yetmagan farzandi O.Marjona hamda opasi Sho‘rchi tumani Hayrabod mahallasida yashovchi fuqaro A.Dilnoza bilan birga Sho‘rchi tumani Navro‘z mahallasi hududidan kesib o‘tgan avtomobil yo‘li chetki qismidagi piyodalar yo‘lakchasida S.Albinani uchratib qolgan.
B.E’zoza u bilan o‘rtalaridagi nizoli vaziyat bo‘yicha o‘zaro janjallashib, o‘z harakatlari bilan jamoat tartibini qasddan buzayotganligini anglagan holda jinoiy sherigi A.Dilnoza bilan birgalikda fuqaro S.Albinani qasddan urib do‘pposlagan. So‘ng o‘zi bilan birgalikda olib kelgan qaychi bilan S.Albinaning sochlarini kesib, unga tan jarohati yetkazishgan.
Holat bo‘yicha olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, fuqaro S.Albinaning olgan tan jarohati “Yengil tan jarohatlar” ekanligi aniqlangan.
Sud hukmi bilan ayblanuvchilarning har ikkisiga 3 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Jabrlanuvchi esa ularga nisbatan sud hukmi yengilashtirilishini va ozodlikdan mahrum qilish bo‘lmagan boshqa jazo tayinlashini so‘ragan. Ammo aybdorlarga berilgan jazo o‘zgartirishsiz qoldirilgan.
LiveBarchasi