Surxondaryoda “kim o‘zar” o‘ynagan o‘smirlar halok bo‘ldi (video)
3-sahifa
−
12:25 3951 1 daqiqa
Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida Damas va Nexia o‘rtasida uyushtirilgan poygada ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 28 may kuni soat 23:50 larda Uzun tumani Chaqar mahallasi hududidan o‘tuvchi D-169 avtomobil yo‘lining 132-kilometrida sodir bo‘lgan.
17 yoshli o‘smir to‘rt nafar tengquri bilan birga Damas rusumli avtomobilni boshqarib ketgan. Shu vaqtda u o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanayotgan 20 yoshli tanishining Nexia avtomobili bilan “kim o‘zarga” harakat qilgani aytilmoqda. Nexia haydovchisi ham haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan.
Oqibatda ikki avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida Damas avtomobilini boshqargan voyaga yetmagan haydovchi hamda Nexia avtomobilidagi yo‘lovchilardan biri vafot etgan. Qolgan ishtirokchilar turli darajadagi tan jarohatlari bilan tibbiyot muassasasiga yetkazilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining Quva tumanida Nexia-2 va Onix ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan va unda haydovchilardan biri vafot etgandi.
Live
Barchasi