Surxondaryoda kasal ayol tergovga olib ketilgani aytilmoqda
3-sahifa
−
11 avgust 2023 12857 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi shifoxonada yotgan ayolni prokuratura va bir nechta ichki ishlar xodimlari tergovga olib ketayotgani aks etgan videolar tarqaldi.
Unda aytilishicha, Boysun tumani Tez yordam markazida katta hamshira bo‘lib ishlaydigan G.R. 3 kun avval, ya’ni, 2023 yil 5 avgust kuni qamoqqa olingan va prokuraturadagi tergov paytida hushidan ketgan. Shu bois u jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan, biroq tuman prokurori ayolni yana zudlik bilan tergovga olib kelishlarini buyurgan. Ichki ishlar organi xodimlari buyruqqa asoslanib kasal ayolni so‘roq qilishga olib ketgan.
Ushbu jarayonni tasvirga olgan fuqaroning aytishicha, shifoxonada yotgan ayolga nisbatan adolatsizlik bo‘lgan.
“Muhtaram Prezidentimiz, ayollarga bo‘lgan hurmat-izzat shumi? Turmalarda odamlarning o‘lishi mana shunday hodisalardan keyin bo‘lyapti. Vahshiylarcha olib ketyapti, nahot 73 million uchun bemor ayol majburiy tarzda olib ketilsa. Menimcha, odam o‘ldirganda ham bunday munosabatda bo‘linmaydi”, deydi u.
Live
Barchasi