Surxondaryoda issiqxona uchun ajratilgan pullar o‘zlashtirildi

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida tadbirkorlik uchun ajratilgan kredit mablag‘larini talon-toroj qilgan fuqarolar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Bildirilishicha, mazkur holat bo‘yicha departamentning Boysun tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tadbirda MCHJ rahbari hududiy tijorat banki filialidan zamonaviy issiqxona qurish maqsadida ajratilgan 1 milliard so‘m kreditni boshqa bir MCHJga o‘tkazib olgani ma’lum bo‘lgan. Aslida ajratilgan mablag‘lar issiqxona uchun jihozlar olishga sarflanishi kerak bo‘lgan.

Bundan tashqari, tumandagi fermer xo‘jaligi rahbari chorvachilikni rivojlantirish maqsadida hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan mablag‘lar evaziga sotib olingan nasldor chorva mollarini boshqa shaxslarga sotib yuborgan. Oqibatda umumiy hisobda 900 million so‘m kredit mablag‘i talon-toroj qilingan.

"Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan", deyiladi departament xabarida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyati Urgut tumanida kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan MCHJ rahbari aniqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo issiqxona kredit pul

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing