Surxondaryoda ishlamayotgan svetofor sabab YTH sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor

3-sahifa

image

Surxondaryoda ikkita Nexia to‘qnashishi oqibatida ikki fuqaro vafot etdi. Bunga “svet” o‘chganligi tufayli svetofor ishlamagani sabab bo‘lgan. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Joriy yilning 19 dekabr kuni tongi soat 7:30 da Termiz-Denov yo‘nalishida harakatlanib, ketayotgan Nexia-3 va Nexia-1 avtomobili o‘zaro to‘qnashgan. Oqibatda Nexia-1 haydovchisi va yo‘lovchisi olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan. 

Qolgan 3 nafar yo‘lovchi va Nexia-3 haydovchisi shifoxonaga yotqizilgan.

O‘rganishlarga ko‘ra, chorrahada vaqtinchalik elektr energiyasi uzib qo‘yilgani sababli svetofor ishlamagan. Yo‘l belgilari bilan tartibga solingan ushbu chorrahada Nexia-1 avtomobili asosiy yo‘ldan harakatlanib kelayotgan Nexia-3'ga yo‘l bermasdan chiqib kelgan.

Qayd etilishicha, svetofor noqonuniy elektr tarmog‘iga ulangani uchun tarmoqdan ajratib qo‘yilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq Surxondaryo viloyatida yuqori tezlikda harakatlangan Lacetti haydovchisi yo‘l-transport hodisasini sodir etishi oqibatida vafot etgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

123

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing