Surxondaryoda fuqaro piyodani bosib ketib, voqea joyidan qochdi

3-sahifa

image

Surxondaryoda haydovchi piyodani bosib ketib, voqea joyidan qochdi. Oqibatda fuqaro vafot etgan. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lum qildi. 

Joriy yilning 12 dekabr kuni viloyatning Angor tumanida noma’lum fuqaroning jasadi haqidagi xabar YHXBga kelib tushgan.

Sud tibbiyot ekspertizasiga ko‘ra, 1976 yilda tug‘ilgan fuqaro noma’lum mashina haydovchisi tomonidan sodir etilgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida og‘ir tan jarohati olib, vafot etgan.

Ma’lum bo‘lishicha, haydovchi “Lada Samara” mashinasida yo‘lning qatnov qismida mast holda yotgan piyodani bosib ketgan. Shundan so‘ng, u piyodaga birinchi yordam ko‘rsatmasdan voqea joyidan qochib ketgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-modda (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi hamda 117-modda (xavf ostida qoldirish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ta’kidlash joiz, mas’ul xodimlar tomonidan shu hudud aholisiga YTHlarni oldini olish uchun kerakli tushuntirish ishlari olib borilganda, avtohalokat yuz bergan yo‘lda ajratuvchi chiziqlar va tunggi yoritish chiroqlarining umuman yo‘qligi aniqlangan.

Avvalroq Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida piyodalar o‘tish yo‘lagida Cobalt haydovchisi 13 yoshli qizni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

113

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing