Surxondaryoda dronning “parvozi” poyezdda yakunlandi
Jamiyat
−
04 Sentabr 2019
5662Surxondaryo viloyati bojxona boshkarmasi Boldir temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan qo‘shni mamlakat hududidan yo‘lovchi poyezdida yo‘lovchi sifatida kirib kelgan fuqaro K.G. bojxona nazoratidan o‘tkazildi.
Natijada, mazkur fuqaroning qo‘l yuklari orasidan og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan va hech qanday tegishli hujjatlari bo‘lmagan 1 dona “Discovery” nomli uchuvchisiz uchish apparati borligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Ta’kidlash joizki, Joriy yil 2 may kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 1-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 2444-moddasi bilan to‘ldirilgan bo‘lib, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish bo‘yicha jinoiy javobgarlik belgilanib, 2019 yil 4 noyabrdan amalga kiritiladi.
LiveBarchasi