Surxondaryoda chang bo‘roni kuzatilyapti (video)
Jamiyat
−
03 iyul 2023 9087 1 daqiqa
Bugun, 3 iyul kuni Surxondaryo viloyatining Termiz shahri, Angor tumani va boshqa yaqin hududlarda kuchli chang bo‘roni kuzatilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, chang bo‘roni oqibatida havo ancha ifloslangan.
O‘zgidrometning prognoziga ko‘ra, bugun, 3 iyul kuni Surxondaryoda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ba’zida 20-25 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Havo harorati 42-43 daraja issiq bo‘ladi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr