Surxondaryoda buxgalter o‘ziga o‘zi oylik yozib, 225 mln so‘mni “tuya qildi”

3-sahifa

image

Surxondaryoda mas’uliyati cheklangan jamiyat buxgalteri o‘ziga o‘zi oylik yozib, 225,5 mln so‘mni plastik kartasiga o‘tkazib olganligi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, “T.n.” nomli MCHJning bank ishlarini yurituvchisi F.E. ish haqi va unga tenglashtirilgan mablag‘lardan tashqari, elektron dasturga o‘ziga qo‘shimcha ish haqi sifatida ma’lumotlar kiritgan. U MCHJning jami 225,5 mln so‘mini plastik kartasiga o‘tkazib olib, tadbirkorning mulkini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Shuningdek, Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida pochta aloqasi sobiq kassiri Sh.Sh. obuna va kommunal to‘lovlaridan tushgan 93,1 mln so‘m naqd pullarni bank kassasiga kirim qilmasdan o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand va Namangan viloyatida imtiyozli kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan korxona rahbarlari aniqlangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing