Surxondaryoda budda tasviri tushirilgan terrakota haykali topildi

Jamiyat

image

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanidan budda tasviri tushirilgan terrakota haykali topildi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, topilgan terrakota haykalida buddaning o‘tirgan holati tasvirlangan.

Tumanning "Shahriobod" mahallasi Hurvatan qishlog‘ida yashovchi fuqaro tomonidan topilgan haykalcha “Termiz” davlat muzey-qo‘riqxonasiga topshirilmoqda.

Ma’lumot uchun, Surxondaryo vohasi, xususan Termiz shahri milodiy 1-3 asrlarda buddizm markazi sifatida tanilgan. Bu haqda Xitoyning tarixiy manbalari ham guvohlik beradi. Eski Termiz hududidagi buddaviylik ibodatxonalari va undan topilgan budda haykallari shular jumlasidandir.  

Eslatib o‘tamiz, joriy oy boshida Termizdan Qoraxoniylar va Saljuqiylar davriga oid kulolchilik buyumlari, oltin dinori topilgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo

Baholaganlar

208

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing