Surxondaryoda bir guruh shaxslar ikki kishini kaltakladi (video)
3-sahifa
−
02 dekabr 2022
8581Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryoda bir guruh shaxslar ikki kishini kaltaklagani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumot berdi.
Joriy yilning 11 noyabr kuni soat 12:30 da Denov shahri avtomobil yo‘lida fuqaro U.A. Damas mashinasi bilan harakatlanib ketayotganda, VAZ Furgon mashinasi bilan yo‘l talashgan. Shundan so‘ng U.A. VAZ Furgon mashinasidan tushib kelgan voyaga yetmagan M.E. va fuqaro S.B. o‘rtasida janjal sodir bo‘lgan. Biroz o‘tib, ular tarqab ketishgan.
Oradan 3 soat o‘tgandan so‘ng, M.E. va S.B. o‘zlarining tanishlari bilan birgalikda U.A. va U.R. lar bilan janjallashib, ularga tan jarohati yetkazgan.
Ushbu holat yuzasidan Denov tuman Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan 8 nafar fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Surxondaryo viloyati IIBga ko‘ra, aybdorlarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda chora ko‘riladi.
Avvalroq Samarqand shahrida yo‘nalishli harakatlanuvchi avtobus haydovchilari va konduktorlari ishtirokida janjal sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi