Surxondaryoda besh kishi IIB xodimlarini do‘pposladi
3-sahifa
−
02 avgust 2021
10243Joriy yil 31 iyul kuni Surxondaryo viloyati Uzun tumanida 5 nafar bezorilar tumanning ikki nafar IIB xodimiga qasddan tan jarohati yetkazgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, soat 22:30 da “O‘zbekiston” mahallasi “O‘zbekiston” ko‘chasida joylashgan chorraha yonida Sariosiyo tumanida yashovchi fuqarolar A.Odiljon, Sh.Daler, B.Shahzod, N.Asqar va R.Shahboz bezorilik qilish maqsadida bir guruhga birlashib, tumanning “Navro‘z” mahallasida yashovchi voyaga yetmagan R.Sunnatulloni urib-do‘pposlagan.
Bezorilar jamoat tartibini saqlash uchun xizmatga jalb qilingan Uzun tuman Ichki ishlar bo‘limi xodimlarining ogohlantirishlariga ham qaramasdan, o‘zlarining xatti-harakatlarini to‘xtatmagan.
Oqibatda jamoat tartibini saqlashga va janjalni bartaraf etishga uringan tuman IIBning 2 nafar xodimi S.M. hamda S.Q.ga faol qarshilik ko‘rsatib, ularga bezorilik natijasida qasddan tan jarohati yetkazgan.
Sudga oid tibbiyot ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ichki ishlar organi xodimi C.M. “Sog‘ligining buzilishiga sababchi bo‘lgan yengil” tan jarohati olgani, shuningdek, ichki ishlar organi xodimi S.Q. hamda voyaga yetmagan R.Sunnatulloning badanida “Yengil” tan jarohatlari borligi aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan fuqarolar A.Odiljon, Sh.Daler, B.Shahzod, N.Asqar va R.Shahboz va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi