Surxondaryoda ayol sobiq erini qo‘rqitish uchun bolasini kaltakladi
3-sahifa
−
12 fevral
4769Surxondaryo viloyatida ayol aliment va boshqa moddiy ta’minot bermagani vaji bilan sobiq erini qo‘rqitish maqsadida bolasini kaltakladi. Mazkur holat yuzasidan Bolalar ombudsmani munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, holat 1 yil avval sodir bo‘lgani aniqlangan. Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida yashovchi 2001 yilda tug‘ilgan ayol T.M. 2024 yilning may oyida sobiq turmush o‘rtog‘i 1994 yilda tug‘ilgan A.Q. bilan janjallashib, bola uchun aliment va boshqa moddiy ta’minot bermaganligi vaji bilan bolaning otasiga bosim qilib, qo‘rqitish maqsadida videoqo‘ng‘iroq qilib, 2 yoshli farzandi A.R. ni urib tasvirga olgan va uni sobiq turmush o‘rtog‘iga yuborgani aniqlangan.
Tergovga qadar tekshiruvda bolaning sog‘lig‘iga zarar yetmagani aniqlangani sababli 2024 yil 14 may kuni holat yuzasidan ayol Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan huquqbuzarlik sodir qilgan deb topilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Sariosiyo tuman sudi tomonidan uning javobgarligi masalasi hal etilgan.
Bildirilishicha, hozirda T.M. sobiq turmush o‘rtog‘i va uning oila a’zolari bilan o‘zaro nizoli vaziyatda bo‘lib, bu borada tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Chirchiq shahrida ona 4 yoshli qizini ayovsiz kaltaklagani va og‘ir tan jarohati yetkazgani oqibatida qizcha vafot etgan edi. Tibbiyot xulosasiga ko‘ra, bolada bosh miya yopiq jarohati, bosh miya lat yeyishi og‘ir darajasi va bosh sohasidagi boshqa og‘ir jarohatlar qayd etilgan.
LiveBarchasi