Surxondaryoda ayol kundoshini “samosud” qildi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati, Sho‘rchi tumanida ayol kundoshini samosud qilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Sho‘rchi tumani Ichki ishlar bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilganida quyidagilar aniqlandi.

Kecha, 17 iyul kuni soat 08:00 larda B.E’zoza o‘zining farzandi voyaga yetmagan O.Marjona hamda qarindoshi Sho‘rchi tumani Hayrabod mahallasida yashovchi fuqaro A.Dilnoza bilan birga Sho‘rchi tumani Navro‘z mahallasi hududidan kesib o‘tgan avtomobil yo‘li chetki qismidagi piyodalar yo‘lakchasida S.Albinani uchratib qolgan. 

B.E’zoza u bilan ilgaridan bo‘lib kelgan nizoli vaziyati bo‘yicha o‘zaro janjallashib, o‘z harakatlari bilan jamoat tartibini qasddan buzayotganligini anglagan holda jinoiy sherigi A.Dilnoza bilan birgalikda fuqaro S.Albinani qasddan urib do‘pposlab, o‘zi bilan birgalikda olib kelgan qaychi bilan S.Albinaning sochlarini kesib, unga tan jarohati yetkazishgan.

Holat bo‘yicha olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, fuqaro S.Albinaning olgan tan jarohati “Yengil tan jarohatlar” ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Sho‘rchi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan B.E’zoza va A.Dilnozaga nisbatan 2021 yil 3 iyul kunida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi va 277-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo samosud

Baholaganlar

4169

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing