Surxondaryoda Afg‘onistondan giyohvandlik vositalarini olib o‘tayotganlar ushlandi

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan O‘zbekiston orqali giyohvandlik vositalarini yashirin ravishda olib o‘tayotganlar aniqlandi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot kotibi Husan Tangriyev QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Bildirilishicha, “Termiz Kargo Sentr” MCHJ hududidagi bojxona omborida Afg‘oniston davlatidan tranzit tarzda Polsha davlatiga o‘tish uchun O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelgan Mercedes Benz rusumli yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan 2 dona qutida jami 196 dona paketchali qadoqlarda 4 kg. 200 gr. bo‘lgan “maydalangan va quritilgan ko‘knori boshoqlari bilan aralashtirilgan turli xildagi giyohlar aralashmasi” mavjudligi aniqlangan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Surxondaryo giyohvandlik vositalari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing