Surxondaryoda Afg‘oniston fuqarolari haydovchilikka o‘qitildi
Jamiyat
−
30 yanvar 2023 4413 1 daqiqa
Surxondaryoda “Vatanparvar” tashkiloti avtomaktabida 46 nafar afg‘onistonlik fuqaro “B” toifasi bo‘yicha o‘qitildi. Bu haqda tashkilot saytida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot dasturining qo‘shma loyihasi asosida o‘qigan xorijliklarga haydovchilik guvohnomalarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tgan. Ushbu tadbirda Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian ham ishtirok etib, o‘zbekistonlik mutasaddilarga kelgusida afg‘onistonlik ayollarni hamshiralik ishi bo‘yicha o‘qitish taklifini bildirgan.

“Yuqoridagi loyiha asosida Termiz shahrida tashkil etilgan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida yana 35 nafar afg‘onistonlik tikuvchilik kasbiga tayyorlandi”, deyiladi xabarda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025