Surxondaryoda adolatli sud qilmagan sudya ishdan olindi
Jamiyat
−
23 yanvar 2022 11398 1 daqiqa
Surxondaryoda odil sudlovni amalga oshirishda qonuniylikni buzgan sud raisi ishdan olindi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Angor tuman sudining raisi Kamoliddin Xidirov odil sudlovni amalga oshirishda qonuniylikni buzgani, sud ishini tashkil etishda beparvoligi va intizomsizligi oqibatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun lavozimidan ozod etilib, vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan.
Shuningdek, Surxondaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tumanlararo sudining sudyasi Muattar Allayarova o‘z arizasiga asosan lavozimidan ozod etilib, vakolati muddatidan ilgari tugatilgan.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr