Surxondaryoda 9 yil avval tugatilgan tuman qayta tuziladi
Jamiyat
−
07 noyabr 2019
7703Surxondaryo viloyatida bundan 9 yil avval tugatilgan Bandixon tumani qayta tiklanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida joylashtirildi.
Hujjatga ko‘ra, Surxondaryo viloyatining Bandixon tumani qayta tiklanib, Qiziriq va Boysun tumanlari chegaralari o‘zgartirilishi mumkin.
Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani hududidagi “Bandixon”, “Bektepa”, “Obod turmush”, “Polvontosh”, “Saroy”, “Birdamlik”, “Chinor”, “Paxtakor”, “Navbahor”, “Farovon”, “Bahoriston”, “O‘rg‘ilsoy”, “Gulbog‘”, “Qaldirg‘och”, “Zevar”, “Xo‘jaipok”, “Obod yurt” hamda “Bag‘ri keng” mahalla fuqarolar yig‘inlarini (umumiy yer maydoni 20531 gektar) hamda Boysun tumanining “Sayrob” va “G‘ayrat” massivlaridan (umumiy yer maydoni 17360 gektar) qayta tiklanayotgan Bandixon tumani tarkibiga o‘tkaziladi.
Surxondaryo viloyatining Qiziriq va Boysun tumanlari hududidan Bandixon tumani hududiga o‘tkazilayotgan yer maydoni chegaralarining tavsifi va chizma shakllari tasdiqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Hukumatning 2010 yil 24 dekabrdagi qarori bilan Surxondaryo viloyatining Bandixon tumani tugatilib, uning hududi Qiziriq tumaniga birlashtirilgan.
LiveBarchasi