Surxondaryoda 8 yashar bola YTH qurboni bo‘ldi
Jamiyat
−
04 may 2020
7681Kecha, 3 may kuni soat 20:00larda Surxondaryo viloyati, Uzun tumani O‘zbekiston mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R-108V avtomobil yo‘lining 9 km.da voyaga yetmagan bollar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
1983 yilda tug‘ilgan haydovchi D.G. Lacetti rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib, yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan piyodalar 8 yoshli R.Sh. va 7 yoshli Sh.X.ni urib yuborgan.
Natijada, piyoda 8 yoshli R.Sh. ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan. Voyaga yetmagan piyoda 7 yoshli Sh.X. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Uzun tumani IIB TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.