Surxondaryoda 50 sotix yerni 500 mlnga pullayotgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
04 iyun 2022
3499Surxondaryo viloyatida o‘ziga tegishli bo‘lmagan 50 sotix yerni yarim milliardga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB Matbuot xizmati 1 berdi.
Joriy yilning 18 may kuni Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi, B.S. viloyat IIBga ariza bilan murojaat qilib, unga nisbatan firibgarlik qilayotgan shaxsga chora ko‘rishni so‘ragan.
Arizaga asosan tezkor tadbir o‘tkazilib, Jarqo‘rg‘on tumanida yashovchi, X.I. Jarqo‘rg‘on tumani hududidagi o‘ziga tegishli bo‘lmagan 50 sotix yer maydonini jami 500 000 000 (besh yuz million) so‘mga sotishga kelishib, B.S.dan 214 000 000 (ikki yuz o‘n to‘rt million) so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Joriy yilning 22 may kuni X.I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi